Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi oʻz faoliyatini davom ettirmoqda
Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi Akkreditatsiya komissiyasining navbatdagi yigʻilishida bir qator akkreditatsiya obyektlarining akkreditatsiya va davriy baholash natijalari koʻrib chiqildi.
Yigʻilish xulosasiga koʻra, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi davriy baholash jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi hamda hozirda oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.
Maʼlumot uchun, Markazning tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi hozirgi kunda 28 ta xalqaro va 24 ta milliy hamda davlatlararo 42 ta standaratlar asosida farmatsevtika mahsulotlarini sinovdan oʻtkazish vakolatiga ega.
Tel: (71) 203-01-01 (ichki raqam 2120)